Nizomga köra, mulkçilik şaklidan va idoraviy mansubligidan qat'i nazar barça tibbiyot taşkilotlarida bemorga majburiy tartibda xalqaro patentlanmagan nom böyiça retsept yozilişi lozim.

Bemorga bir vaqtning özida 5 va undan ortiq dori vositalari (dori vositalarining turidan qat'i nazar) tayinlanganda buning asosliligi tibbiyot taşkilotlarining bölim mudiri yoki navbatçi şifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelişilişi lozim.

Asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bölganda ham şunday tartibga amal qilinadi.

Tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hisob hujjatlarida (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi) qayd etilişi va uşbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovçi şifokor hamda yuqorida körsatilgan şaxslar tomonidan ham imzolanişi lozim.

Retseptda dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, şakli, uni tayyorlaş va beriş haqidagi yozma körsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qöllaş usuli esa davlat tilida körsatilişi şart.

Zarur hollarda retsept malakali tarjimani ta'minlagan holda bemor tuşunadigan boşqa tilda yozilişi mumkin.

Har bir tibbiyot taşkilotidagi davolovçi şifokorlarga retsept blankalari uşbu muassasa rahbarining buyruği bilan tayinlanadigan javobgar şaxs tomonidan, dam oliş va bayram kunlari, şuningdek tungi vaqtlarda esa tibbiyot taşkilotining mas'ul navbatçi şifokori tomonidan beriladi.

Davolovçi şifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylaştirilişi taqiqlanadi:

  • mijozning tibbiy körsatmasi bölmagan holatlarda;
  • Özbekiston Respublikasida davlat röyxatidan ötkazilmagan dori vositalariga (orfan dori vositalari bundan mustasno);
  • faqat tibbiyot taşkilotlarida qöllaşga möljallangan dori vositalari, şu jumladan narkoz vositasi sifatida işlatiladigan dori vositalariga.

Retsept Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi tibbiyot taşkilotlari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi çap burçagida tibbiyot taşkilotining nomi va manzili tegişli ştamp qöyilgan holda körsatilişi, xususiy tibbiyot taşkilotlari tomonidan berilganda esa qöşimça ravişda retseptning yuqori qismi öng burçagida uşbu muassasaning faoliyat körsatişi böyiça berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qiliş muddati körsatilişi lozim.