2018 yilda sud tizimi xodimlarini tayyorlaşga ixtisoslaşgan yangi şakldagi «Özbekiston Odil sudlov akademiyasi» taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Sud tizimi xodimlarini tayyorlaş, malakasini oşirişga xizmat qiladigan ixtisoslaştirilgan öquv muassasasi joriy yilning 30 iyuniga taşkil etilişi belgilangan. Yangi akademiyaning moliyalaştiriş manbasi Rivojlaniş davlat dasturidan kelib çiqib aniqlanişi aytilgan bölib, uning faoliyatni yölga qöyişga Oliy sud, Sudyalar kengaşi, Adliya vazirligi, Boş prokuratura va Moliya vazirligi mas'ul etib körsatilgan.
Bundan taşqari, 2018 yilgi davlat dasturi loyihasida Oliy sud tuzilmasida sud amaliyotini tahlil qiliş va qonunçilik boşqarmasini taşkil etiş nazarda tutilmoqda. Şuningdek, Oliy sud sudyasi yordamçisi ştat birligini joriy etiş hamda viloyat va tuman (şahar) sudlar tizimini maqbullaştiriş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 30 iyuniga qadar, markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uyğunligini ta'minlaş maqsadida ularni joylaştiriş böyiça yagona kompleks «Adolat saroyi» majmuasi barpo etilişi haqida xabar berilgandi.










