Prezident Şavkat Mirziyoyev sud tizimini takomillaştiriş va odil sudlov masalalariga oid taqdimot bilan tanişdi. Taqdimotni Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari Nodira Hakimova ötkazdi.
Prezident matbuot xizmatining yozişiça, oxirgi yillarda sud tizimi izçil isloh qilinib, sudlar jazolovçi organdan inson huquqlarini himoya qiluvçi tizimga aylantirildi.
Jumladan, ma’muriy sudlar taşkil etildi. Maişiy zöravonlikning oldini olişga qaratilgan samarali çoralar körildi. Oilaviy masalalarga ixtisoslaşgan sudyalar korpusi yaratildi. Investitsiyaviy nizolar böyiça alohida sudlov tarkibi taşkil etildi.
Bu kabi islohotlarni fuqarolar öz hayotida sezmoqda, xorijiy ekspertlar muhim qadam sifatida e’tirof etmoqda.
Şu bilan birga, sudlovning oçiqligi va xalqçilligini ta’minlaş, raqamlaştiriş orqali odamlarga qulaylik yaratiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş böyiça köp masalalar öz yeçimini kutmoqda.
Taqdimotda bu boradagi rejalar va ularni amalga oşiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi.

Odil sudlov sohasini raqamlaştiriş maqsadida rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida “Raqamli sud” konsepsiyasi işlab çiqildi va uni izçil amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi. Bu korrupsiyaning oldini oliş, fuqarolar va tadbirkorlarga ovoragarçiliksiz odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Tahlillarga köra, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda köriladigan da’volarning katta qismi nizosiz işlarga töğri kelmoqda. Şu bois bunday masalalarni ma’muriy organlar vakolatiga ötkaziş taklif etilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari muammolarining qisqa muddatda hal etilişini ta’minlaydi.
Yana bir qulaylik – ma’muriy va iqtisodiy sud işlarini eksterritorial tarzda köriş tartibini joriy etiş. Bugungi raqamli texnologiyalar asrida buning imkoni bor.
Adolat va işonçni ta’minlaşda sudyalik lavozimining barqarorligi muhim. Şu maqsadda













