Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sagintayev respublika madaniyat va sport vazirligiga jahonda umum tomonidan qabul qilingan terminlarni davlat tiliga ögirişdagi yondaşuvlarini qayta körib çiqişga körsatma qildi.

«Davlat rahbari öz murojaatida qozoq tili terminalogiyasiga e'tibor qaratdi va xalqaro terminlarni ögirib, qozoq tilini murakkablaştirmaslik zarurligini aytdi», degan Sagintayev hukumat majlisida.

U lotin yozuviga ötişda «xalqaro terminlar qöllanişida eng qulay variantlarni körib çiqiş kerakligi»ni qayd etgan.

«Şu munosabat bilan Madaniyat vazirligi bu masalani körib çiqişi kerak», degan boş vazir.

Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 9 yanvar kuni Qozoğiston xalqiga murojaat qilgandi. U qozoq tilidagi ba'zi özlaştirmalarni tanqid qilgan.

Uning sözlariga köra, «oxirgi yillarda qozoq tiliga dunyoda umum qabul qilingan 7 ming atama tarjim qilindi».

Prezident bunday «kiritmalar» ba'zida juda kulgili bölayotganini qayd etgan.

«Masalan, «ğalamtor» («internet»), «qoltyrauyn» («timsoh»), «kүy sandyq» («fortepiano»). Bunday misollar juda köp», degandi Nazarboyev.