Myanma armiyasi 10 nafar rohingya musulmoni öldirilişiga javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Bu rohingyalar qoldiqlari dekabrda Arakan ştatidagi ommaviy qabrda topilgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, harbiylar ötgan yil avgustidan – Arakanda rohingyalarga qarşi kuç operatsiyasi boşlangandan beri rohingyalarning ölimiga aloqadorliklarini ilk bor tan olganlar. BMT va köplab davlatlar Myanma armiyasini katta kölamli zöravonlikda ayblamoqdalar, harbiylar esa buni rad etmoqdalar.
“Qişloq aholisi ham, xavfsizlik kuçlari ham 10 nafar bengallik terrorçini öldirganlarini tan olganlari rost. Armiya qotillikni sodir etganlar va kuç işlatiş qoidalarini buzganlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi”, deb aytganlar myanmalik harbiylar.
Arakandagi rohingyalar qoldiqlari topilgan induslar qişloğidagi qabr Myanma harbiylari tomondan 18 dekabrda topilgan. Öşanda Myanma armiyasi halok bölganlar hududda rohingya jangarilarining hukumat pozitsiyalariga hujumi sababli avj olgan zöravonlik qurbonlari bölganlarini aytganlar.
Rohingya musulmonlari yaşaydigan Arakan ştatidagi vaziyat ötgan yilning 25 avgustida keskinlaşgan. Öşanda “Rohingyalarni qutqariş Arakan armiyasi” harakati jangarilari politsiyaning 30 ta tayanç punktiga hujum qilganlar. Şundan keyin mamlakat xavfsizlik kuçlari hududda kuç operatsiyasini boşlagan. Hukumatning rasmiy ma'lumotlariga köra, töqnaşuvlarda 414 kişi halok bölgan. Biroq “Çegara bilmas şifokorlar” xalqaro taşkiloti töqnaşuvlarning birinçi oyidayoq 6,7 ming kişi halok bölganini ma'lum qilgan.










