2018 yil Davlat dasturi loyihasida Özbekistonda elektron hukumat tizimini takomillaştirişga doir yangi uç yillik strategiya işlab çiqiş közda tutilgan. Şuningdek yangi strategiyani işlab çiqiş va uni amalga oşiriş doirasida birinçi örinda mobil hukumatga ötiş jarayoni yölga qöyiladi. KUN.UZ muxbiri Axborot texnologiyalarini rivojlantiriş vaziri örinbosari O.Umarovning "Taraqqiyot strategiyasi" markazida bergan ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

"Bugungi kunda Özbekistondagi internet foydalanuvçilari soni taxminan 20 millionni taşkil qilsa, ulardan 17 millioni aynan mobil internet foydalanuvçilaridir. Şunday ekan, barça davlat organlari va idoralar yaqin orada mobil qurilmalar orqali elektron xizmat körsatiş masalasiga katta e'tibor qaratadi", deydi vazir örinbosari. 

O.Umarov sohada belgilab olingan qator muhim ustuvor yönalişlarga töxtalib ötdi:

1. Davlat organlaridagi turli jarayonlarni optimallaştiriş uçun şunçaki avtomatlaştirilgan tizimlarni joriy qilişgina emas, balki intellektual tizimlarni joriy qiliş ham közda tutilmoqda. 

2. Davlat elektron xizmatlari. Bugungi kunda 350dan ortiq interaktiv xizmatlar yagona portalda joriy qilingan. Bu xizmatlarning taxminan 20 foizigina aholi örtasida talabgor. Şu bois Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi bilan hamkorlikda eng ustuvor 50 xizmat turi aniqlandi, ular optimallaşuv va takomillaşuv jarayonlaridan birinçi bölib ötadi hamda elektron şaklga ötkaziladi. 

3. Axborot maydonining barça tizimlarini birlaştiruvçi Integratsion platforma yaratiş. Şunda odamlar hujjatlar bilan xonama-xona sarson bölmay, elektron hujjatlarning idoralararo uzatilişi yölga qöyiladi. 

3. Butun respublika böylab saylovçilarni röyxatga oluvçi yagona tizim joriy qiliş va saylov jarayonini boşqariş.

4. Prezident virtual qabulxonasining yangi versiyasi. Bugunga kelib 1,5 million kişi davlat rahbarining virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. Tez orada virtual qabulxonaning yangi versiyasi işga tuşadi. Uning avvalgisidan farqlari:

- murojaatlardan kelib çiqib tahlillar ötkaziladi: eng köp beriladigan savollar qaysi, aholini köproq qanday muammolar öylantirmoqda - şu kabi savollarga köp beriladigan javoblar tayyorlandi, bu ba'zi odamlarning murojaat qilmay turiboq özini qiziqtirgan savolga javob topiş imkonini beradi.

- bir elektron maydondan istagan rahbarga çiqiş imkoni. Bugungi kunda köplab vazirlik va idoralar öz saytiga ega. Ularning har biriga alohida murojaat qiliş köpinça qator noqulayliklarni keltirib çiqarişi mumkin. Endi bularning bari markazlaştiriladi.