Turkiya hukumati qator vazirlik va idoralar hamda Qurolli kuçlar tarkibidan 260 dan ortiq xodimni işdan böşatdi. Bu haqda hukumat farmonida aytiladi, u juma kuni Resmi Gazete rasmiy naşrida e'lon qilindi.

Farmon qonun kuçiga ega, sababi respublikadagi favqulodda holat rejimi şaroitida çiqarildi hamda xodimlarni işdan böşatiş uçun qöşimça rasmiyatçiliklar talab etilmaydi: bu şaxslar iş örinlarini 15 sutka davomida böşatib qöyişlari lozim. Farmonda ta'kidlanişiça, bu "Milliy xavfsizlik kengaşi tomonidan davlatga qarşi deb topilgan terrorçilik taşkilotlariga yordam körsatayotgan, a'zolikka ega bölgan yoki aloqalari bölganlar"dir. Davlat televideniyesi, Moliya, Ta'lim, Soğliqni saqlaş vazirliklari, Davlat poçta xizmati, Oliy ta'lim böyiça kengaş xodimlari, şuningdek 50 ga yaqin harbiy xizmatçi işdan haydaldi.

Hukumat terrorçilar foydasiga işlayotgan va mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumga qarşi harakat qilayotgan deb topilgan mintaqaviy telekanal hamda radiostansiyalarni ham yopdi. Bundan taşqari, farmon bilan 1,8 ming kişi reabilitatsiya qilindi, ular FeTO taşkiloti faoliyatini tekşiruvdan ötkaziş doirasida turli davlat idoralaridan böşatilgandi. Ularga işga joylaşiş uçun tegişli idoralarning kadrlar departamentlariga murojaat etiş uçun 10 sutka muddat taqdim etildi.