13 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari böyiça press-brifing muhokamasi bölib ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, muhokamada Iqtisodiyot vaziri örinbosari Mubin Mirzayev «davlatning iqtisodiyotdagi uluşini kamaytiriş va ayrim xizmatlarni xususiy sektorga berilişi» haqida ma'lum qildi.
«Asosiy masala davlat-xususiy şerikçilik şaklining huquqiy asosini yaratiş zarur. Ayni paytda bunda normativ hujjatlar joriy yilning birinçi çoragida işlab çiqilişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, agrar sohada ham birmunça islohotlar amalga oşirilişi nazarda tutiladi: paxta yetiştirişda bozor iqtisodiyoti qonunlariga böysungan holda, klaster tizimini keng tarğib qilamiz», deya ta'kidladi u.
Şuningdek, Özbekistonda yaşaş minimumi yoxud «iste'mol savatçasi» işlab çiqiladi. Ana şu hisobdan kelib çiqib, aholi daromadlarini yaşaş minimumidan kam bölmasligi ta'minlanadi.
«Ayni şu masala joriy yilning 1 iyuliga qadar bajarilişi rejalaştirilgan», deb qöşimça qildi M.Mirzayev.













