Ayni kunlarda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasi jamoatçilik iştirokida muhokama qilinmoqda.
Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati a'zolari, mas'ul vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari iştirokida turli formatlarda jamoatçilik muhokamalari ötkazilmoqda.
Jumladan, “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş” Davlat dasturi loyihasi bilan aholining keng qatlamini taniştiriş va bevosita fikr va takliflarni örganiş maqsadida 2018.strategy.uz saytiga hamda Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi www.regulation.gov.uz portalida joylaştirilgandi.
Markaz Axborot xizmati taqdim etgan ma'lumotga köra, ötgan qisqa vaqt davomida Davlat dasturi loyihasi yuzasidan fuqarolardan 2600dan ziyod fikr va takliflar bildirilgan bölib, bu 2017 yil Davlat dasturi loyihasi muhokamasidan qariyb 2 barobarga köp.
"Bugungi kunda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi aholidan kelib tuşayotgan takliflarni umumlaştirib, Harakatlar strategiyasining beşta ustuvor yönalişi böyiça tahlil qilmoqda. Demak, jamoatçilik muhokamalari natijalariga (bugungi kun holatiga) köra 2018 yil Davlat dasturi loyihasining eng köp muhokamaga sabab bölayotgan bandlari reytingi tuzildi", deyiladi xabarda.
Unga köra, eng köp taklif va fikr bildirilgan mavzu Fuqarolarni doimiy va vaqtinça röyxatga qöyiş (hisobga oliş) tartibini soddalaştiriş, ularning mamlakat hududida erkin harakatlaniş hamda mehnat qiliş huquqlarini ta'minlaş bölib turibdi. Uşbu band yuzasidan fuqarolardan 170 dan ziyod izoh qoldirilgan. (Davlat dasturi loyihasining 28-bandi).
Reytingning keyingi örinlarida quyidagi mavzular joy olgan:
2-örin: Diniy ta'limot sohasida tadqiqotlar ötkaziş tizimini rivojlantiriş. 162 ta izoh.











