13 yanvar kuni I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toşkent şahridagi filiali akademik litseyda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarini Vatanimiz mustaqilligini saqlaşdagi tutgan örnini keng tarğibot qiliş, Qurolli Kuçlarda olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida "14 yanvar Vatan himoyaçilari kuni"ga bağişlab  "Milliy armiyamiz -  yoşlarning matonat, sadoqat va mardlik maktabidir" şiori ostida tantanali tadbir ötkazildi.

Tadbirda  litsey pedagogik jamoasi, öquvçi yoşlar va tadbirga taklif etilgan bir guruh harbiy xizmatçilar iştirok etişdi. Tadbir jarayonida Özbekiston Qurolli Kuçlarining taşkil etilişi tarixi, olib borilayotgan islohotlar, ulardan közda tutilgan maqsad va vazifalar, armiyaning yoşlarni öz Vataniga sodiq farzand qilib tarbiyalaşdagi örni,  harbiy xizmatçilarga yaratilgan şart-şaroitlar  va muddatli harbiy xizmatçilarga yaratilgan imtiyozlar töğrisida töxtalib ötildi. Mazkur tadbirda Bektemir tumani Mudofaa işlari bölimi, 23229 va 01283 sonli harbiy qism vakillari  va Yaşnobod tumani 161-maktab qoşidagi harbiy sport klubi öquvçilari ham iştirok etişdi.​

Tadbirda sözga çiqqan zaxiradagi polkovnik Xarlamov Aleksandr Nikolayeviç, zaxiradagi polkovnik Ismailov Djamoldin Ismailoviç, zaxiradagi podpolkovnik Nasritdinov Xikmat Xakimoviçlar hozirda Qurolli Kuçlarimizda ötkazilayotgan jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, olib borilayotgan islohotlar, ularning Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni  va Vatanimiz sarhadlarini saqlaşdagi örni haqida yiğilganlarga gapirib berişdi.

 

Şundan keyin litsey öquvçilari tomonidan Vatanimiz va Qurolli Kuçlarimiz töğrisida şe'rlar öqildi, kuy qöşiqlar yangradi va yiğilganlar e'tiboriga Qurolli Kuçlarimizni taşkil etilişi va hozirgi faoliyatiga bağişlangan videofilm namoyiş etildi.