Afrikadagi Lesoto qirolligida kattaligi böyiça dunyoda beşinçi örinda turişi aytilayotgan olmos topildi. Bu haqda Britaniyaning Gem Diamonds kompaniyasi saytida xabar berilgan.
Olmos Gem Diamonds’ga tegişli bölgan Letseng olmos konidagi işlar davomida topildi, uning qiymati taxminan 40 mln dollarga baholanmoqda. 910 qirotli rangsiz (D şkalasi) toş II-turga kiradi – aralaşmalarga ega bölmagan olmoslarga. Bunday toşlar tabiiy olmoslar orasida faqat 1-2 foiz holatlardagina topiladi.
«Gem Diamonds Letsengni 2006 yilda xarid qilganidan söng, konda dunyodagi eng maşhur olmoslar topildi, jumladan 603 qirotli «Lesoto va'dasi», - deya ta'kidlab ötdi kompaniya ijroçi direktori Klifford Elfik. – Biroq, yuqori sifatdagi bu olmos – bugungi kunda topilganlar içidagi eng yirigidir. Bu ajoyib topilma».
Şunday olmos topilgani haqida ma'lumot paydo bölgaç, kompaniya aksiyalari 14 foizga ösgan.












