Freedom House huquq himoyasi bilan şuğullanuvçi xalqaro taşkiloti «2018 yilda jahondagi erkinlik» har yilgi hisobotini taqdim etdi.
Hisobot jahon mamlakatlarida 2017 yildagi siyosiy va fuqarolik erkinligi holatini baholaydi. Qirğiziston Markaziy Osiyoda qisman erkin davlatlar röyxatidan joy olgan yagona davlat böldi.
Hujjat mualliflari dunyodagi barça mamlakatlar hamda hududlarning 45 foizini erkin davlatlar röyxatiga kiritdi. Bu röyxatda Möğuliston, Kanada, Avstraliya, AQŞ va Ğarbiy Yevropaning qator mamlakatlari bor.
Qirğiziston bilan birga, qisman erkin davlatlar röyxatida Ukraina, Meksika, Moldova, Pokiston va boşqalar qayd etilgan.
Rossiya va MDHning aksariyat mamlakatlari Freedom House tomonidan erkin bölmagan davlatlar röyxatiga kiritildi
Hisobot mualliflarining ta'kidlaşiça, 2017 yilda jahondagi demokratiya sönggi ön yillikdagi eng jiddiy inqirozga töqnaş keldi, sababi uning asosiy prinsiplari, jumladan, erkin va adolatli saylovlar, ozçilikni taşkil etuvçilar huquqi, matbuot erkinligi va qonun ustuvorligi, butun dunyo böylab hujumga uçradi.








