Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi 2016 yilda taqdim qilgan, 5 metrlik Telluride krossoverini ommaviy işlab çiqarmoqçi. Bu haqda kompaniya vakili Piter Şrayyerga iqtibos keltirgan holda Avstraliyaning Go Auto naşri xabar bermoqda.
Kompaniya krossoverning seriyali versiyasi haqida heç qanday ma'lumot bermagan.
Krossoverning prototipi uzunligi 5001 mm.ni, eni 2029 mm.ni, balandligi esa 1800 mm.ni taşkil qiladi. Uçta örindiqlar qatoriga ega kontsept-kar Sorento platformasida qurilgan.
Prototip gibrid kuç qurilmasi bilan jihozlangan. Uning tarkibiga 270 ot kuçiga ega 6 silindrli benzin dvigateli va 130 ot kuçiga ega elektr motor kirgan. Ikki dvigatelning umumiy quvvati 400 ot kuçini taşkil qiladi. Maşina raqamli asboblar paneli, eşiklarga örnatilgan ekranlar, yölovçilar holatini kuzatiş tizimi bilan jihozlangan.












