Matbuot va axborot agentligi Özbekistonda tuğilib, kamol topgan va islom dini rivojiga, şuningdek, butun başariyat ma'naviy kamolotiga ulkan hissa qöşgan buyuk bobokalonlarimiz, xususan, hadis ilmining sultoni Imom al -Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abduxoliq Ğijduvoniy, Bahovuddin Naqşband, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi uluğ zotlarning ölmas ilmiy-ma'rifiy merosi, ibratli hayotini va ularning inson sifatidagi badiiy mukammal obrazlarini haqqoniy gavdalantiruvçi romanlarning yaratilişiga hissa qöşiş, muqaddas islom dinining asl mohiyatini, uning rivojida bobokalonlarimizning ulkan xizmatlarini aholi, ayniqsa, yoşlar orasida keng yoritiş, şu bilan birga, adiblarimiz, islomşunos olimlar hamda yoş tadqiqotçilarimizni ma'naviy va moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida “Islom sivilizatsiyasining buyuk allomalari” mavzuida badiiy asarlar yaratiş böyiça ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e'lon qildi.
Ijtimoiy buyurtmalar böyiça yaratiladigan ijodiy işlar uçun quyidagi talablar közda tutilgan:
– muqaddas islom dinining sofligini ta'minlaş, uning rivoji va ma'naviy qadrini yuksaltirişda özlarining öçmas nomlarini qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz – hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy, Imom at- Termiziy, Abduxoliq Ğijduvoniy, Bahoviddin Naqşband, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi uluğ zotlarning ölmas ilmiy-ma'rifiy merosi, ibratli hayotini va ularning inson sifatidagi badiiy mukammal obrazlarini yuksak badiiy vositalar bilan aks ettiruvçi romanlar yaratiş;
– buyuk allomalarimizning badiiy timsollarini yaratiş bilan birga islom dinining bugungi jahon hamjamiyatidagi örnining muhimligi, insoniyatni taşvişga solayotgan global muammolarni hal etişda islomiy bağrikenglik ğoyalarining ahamiyatini oçib beriş;
– islom har sohada me'yor va muvozanatga rioya qiluvçi din ekani, uning mohiyati – insonga ğamxörlik, bağrikenglik, hukmlari – adolat, voqeligi –xalqparvarlik, zohiri – ilğor madaniyat ekani;
– islom olamida keçayotgan murakkab ijimoiy-siyosiy jarayonlarning asl mazmun va mohiyati, kelib çiqişi va oqibatlarini teran tahlil etuvçi hamda turli ğarazli va bugungi terrorçilik holatlarini islom dini bilan boğlayotgan buzğunçi kuçlarga qarşi kuraşga çorlovçi;
– islom tinçlik dini ekani va u mohiyatan terrorizmga mutlaqo zidligi, milliy tarbiyaning şarqona xususiyati, diniy ta'lim tizimidagi öziga xos tamoyillarni oçib beruvçi;
– dunyoning turli burçaklarida sodir bölayotgan buzğunçilik va xunrezliklar islomdan emasligini tariximizdagi allomalar hayotidan keltirilgan turli voqealar, vaziyatlarga munosabatlar asosida dalillab beradigan;
– öz davrida buyuk bobokalonlarimizning diniy mutaassiblik, adaşgan oqimlarning puç da'volariga bergan raddiyalari, dinimiz ta'limotlarini notöğri talqin qiluvçilarga javoblarini bugungi kun bilan boğlagan holda qiziqarli talqin etuvçi;












