Özbekiston Islom akademiyasi Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Islom akademiyasi Prezidentning 2017 yil 15 dekabrdagi PQ-3433-son qaroriga asosan taşkil etilgan. Bu haqda vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Akademiya Özbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi diniy va dunyoviy ta'lim beruvçi nodavlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidir.

Ta'lim muassasasining asosiy maqsadlari:

respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va örta maxsus diniy ta'lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta'minlaş;
tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oşiriş;
qur'onşunoslik, tafsir va fikh, hadisşunoslik, kalom ilmi yönalişlari böyiça magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaşdir.

Akademiya Özbekistondan yetişib çiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning boy ilmiy merosini, islom dini rivojiga ulkan hissa qöşgan jahon allomalarining asarlarini örganiş, ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş, din niqobi ostida harakat qilayotgan turli ekstremistik oqim va yönalişlarning buzğunçi ğoyalariga qarşi ilmiy raddiyalar tayyorlaş va boşqa bir qator muhim vazifalar bilan ham şuğullanadi. 

Foto: @huquqiyaxborot

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 1 sentabrida Toşkent şahridagi Hazrati Imom majmuasida davlat, jamoat va yoşlar taşkilotlari, diniy soha vakillari bilan uçraşuvida diniy ta'lim tizimini tahliliy örganib çiqiş va zamon talablari asosida takomillaştiriş, yuqori ilmiy tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tayyorlaşni yölga qöyiş maqsadida Özbekiston Islom akademiyasini tuziş böyiça vazifalar belgilab berilgan edi.