Janubiy Koreyaning Pyongçangida ötadigan 2018 yilgi qişqi Olimpiadaning rasmiy hamkori Samsung Electronics Co. Olimpiadaga taşrif buyuruvçi sportçilar va Xalqaro Olimpiya qömitasi vakillariga çeklangan miqdorda çiqarilgan, maxsus Galaxy Note 8 smartfonlarini sovğa qiladi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bu maqsadda Olimpiya mavzusida bezalgan 4 mingta gadjyet çiqariladi. Smartfonlar oq rangda böladi va orqa paneliga tillarang Olimpiya halqalari tuşiriladi.

Kompaniyada ma'lum qilinişiça, qurilmalarda Olimpiada mavzusidagi fonlar hamda 2018 yilgi Olimpiada haqida ma'lumot topiş mumkin böladigan dastur örnatilgan böladi.












