Yaponiyaning CBC Group kompaniyasi yangidan taşkil etilgan Özbekiston superligasi titul homiysi bölişi mumkin. Bu haqda kompaniyaning Xalqaro işlar böyiça prezidenti Aran Olsner Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uçraşuv vaqtida ma'lum qilgan.
«Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Aran Olsner bilan uçraşuv çoğida homiylik, marketing va boşqa masalalar yuzasidan fikr almaşdi. Öz örnida Aran Olsner CBC Group kompaniyasi formati özgargan va yangidan taşkil qilinayotgan Özbekiston Superligasi uçraşuvlarida titul homiy bölişga qiziqiş bildirayotganini ma'lum qildi», deyiladi ÖFF bergan xabarda.
Manbada qayd etilişiça, titul homiylik masalasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Ma'lumot uçun, CBC Group kompaniyasi turli içimlik va sut mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, butun dunyoda öz filiallariga ega konsern sanaladi.













