Abu-Dabida, Liva çöli ostida çuçuk suv bilan töldirilgan dunyodagi eng katta sun'iy rezervuar yaratildi. Bu haqda Abu-Dabida ötayotgan Abu Dhabi Sustainability Week ekologik forumining birinçi kuni ma'lum qilindi.  

Rezervuar 80 metr çuqurlikda joylaşgan. Loyiha 315 ta quduqdan iborat tarmoq bölib, bu quduqlar orqali Şuvayhatdagi suvni çuçuklaştiriş stansiyasidan rezervuarga har kuni 32 mln litr (32 ming tonna) suv kelib turgan. Rezervuar 27 oy davomida töldirilgan.

Şu tariqa BAAda 26 mln kub metr miqdorda çuçuk suv zaxirasi yaratildi. Loyiha qiymati 435 mln dollarga baholangan. Barça kelayotgan suv qat'iy sanitar nazoratdan ötkaziladi.