Freedom House taşkiloti dunyoning turli mamlakatlaridagi demokratiya rivoji darajasi reytingini taqdim etdi. Özbekiston demokratiya darajasi eng past bölgan mamlakatlar röyxatidan joy oldi. 2018 yilgi erkinlik darajasi eng past bölgan mamlakatlar röyxatida şuningdek Suriya, Janubiy Sudan, Eritreya, KXDR, Turkmaniston, Ekvatorial Gvineya, Saudiya Arabistoni, Somali, Sudan, JAR va Liviya mamlakatlari nomi qayd etilgan.

Umuman olganda, Freedom House tamoyillariga köra, dunyoning barça mamlakatlari uç toifaga bölinadi: erkin, qisman erkin va erkinlik bölmagan mamlakatlar.

Hisobot mualliflarining ta'kidlaşiça, Rossiya va Xitoy demokratiyaga öz "repressiv rejimi"ga tahdid sifatida qaraydi.

Bundan taşqari, hisobotda AQŞ "erkin mamlakat" sifatida e'tirof etilgan bölsa-da, Freedom House prezident Donald Trampning "jurnalistlarga tahdidi", uning "qarorlarini bekor qiluvçi sudyalarni tanqid qilişi", migrantlarni kamsitişini qattiq tanqid qildi.

Manba: Freedom House
Manba: Freedom House