Qozoğistonning Aqtau şahrida IT-boğ, stadion va ekologik transportga ega noyob ekoşahar barpo etiladi. Şaharni barpo etiş böyiça kelişuv Britaniyaning Global Project Capital Ltd, AAG Corporate Services Ltd, Xitoyning China Road and Bridge Corporation (CRBC) Ltd kompaniyalari va şahar joylaşadigan Manğistau viloyati akimati bilan tuzildi.      

Endi tomonlar Aqtau ekoşahrini quruvçi boş pudratçini belgilab olişlari va loyihani moliyalaştiriş strukturasini yaratişlari kerak. Britaniya tomoni 2,1 mlrd dollar miqdordagi moliyalaştirişni 100 foiz öz zimmasiga oladi, xitoylik sarmoyaçilar esa 400 mln dollarlik bank kafolati taqdim qiladilar. Şaharni quriş uçun Aqtauning şimoliy qismidan 865 gektar yer ajratiladi.  

Ekoşaharda hamyonbop uy-joy, tijorat va savdo markazlari, maktablar, bolalar boğçalari va tibbiyot markazlari quriladi. Loyiha öz içiga IT-boğ, mehmonxonalar, sport stadionlari, köngiloçar muassasalar va turli xizmatlar, zamonaviy energiya va ekologik sof texnologiyalarga asoslangan transport xizmati körsatişni öz içiga oladi. Öz navbatida Aqtau şahri akimati quriliş uçun tegişli infratuzilma, jumladan yöllar, energiya ta'minoti, kanalizatsiya va suv ta'minoti taqdim qilişni öz zimmasiga oladi.