Badavlat inson obrazi odatda zeb-ziynatlar, haşamatli yaxtalar, qimmatbaho kostyumlar va zamonaviy gadjetlar bilan boğlanadi. Çiroyli hayotga intiliş mumkin yoki - şunçaki yaxşi ta'minlangan hayotga. InsiderPro şubhasiz muvaffaqiyat belgilaridek tuyulgan bir neça jihatlar va bunday emasligini isbotlovçi maşhur kişilar haqida ma'lumot berdi.
1. Muvaffaqiyatli odamlar qimmat va zamonaviy kiyimlarda yurişadi

Heç qanday gadjetlar, şubalar va tilla taqinçoqlar aslingizdan-da muvaffaqiyatli körinişga yordam bermaydi. Mark Tsukerbergga bir qarang - u bir xil kulrang futbolkalar va oddiy şippaklarda yuradi, biroq heç kim uning badavlat va muvaffaqiyatli inson ekaniga şubha qilmaydi.
2. Muvaffaqiyatli kişilar albatta oliy ma'lumotli bölişi kerak

Hoynahoy şunday gaplarni eşitgandirsiz: oliy ma'lumoti bölmagan kişilar kamroq pul topişadi, bundaylar muvaffaqiyatga umid qilişmasa ham böladi. Apple asosçisi Stiv Jobs universitetni tugatmagan eng maşhur işbilarmon bölsa kerak. U kollejda ham vaqtini bekorga ketkizmagan - Jobs öz kompyuteridagi foydalanuvçi interfeysini kampus daströmollaridagi kalligrafik yozuvlardek çiroyli qilişni istagani haqida yozgan.
3. Muvaffaqiyatli odamlar işlaşmaydi

Ilon Mask deyarli 20 milliard dollar egasi, biroq u özining beş kompaniyasini rivojlantirişda davom etmoqda. U kuniga kamida 12 soat işlaydi. Badavlat kişilar pullarni sarflaş bilan emas, pul işlaşda davom etiş bilan şuğullanişadi: ular bu yölda öz loyihalarini ilgari surib, yangi daromadli ğoyalar işlab çiqişadi.













