Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan soxta YHXB xodimi aniqlandi. Bu haqda boşqarma matbuot xizmati xabar berdi.
20 yanvar kuni soat taxminan 14:30larda, Toşkentning Sergeli tumanida joylaşgan «Sergeli» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlariga, özining fuqarolik burçini bajargan şaxs murojaat qilib, Binokor köçasidagi avtomobil yölida avtomaşina xaydovçilarini töxtatib, ularning hujjatlarini tekşirayotgan YHXB xodimi unda şubha uyğotganini ma'lum qilgan.
Mazkur xabar asosida Toşkent şahar IIBB xodimlari yuqorida körsatib ötilgan joyga borgan vaqtlarida, haqiqatdan ham fuqaro Azizbek Aşiraliyeviç Ruzimatov, içki işlar organi xodimlari xizmat kiyimida, göyoki YHXB xodimi sifatida avtoulovlarni töxtatiş bilan şuğullanayotgani aniqlangan.
Şubhali şaxs tekşirilgan vaqtda, u aslida YHXB xodimi emasligi ma'lum bölgan va undan jyezl, radioaloqa vositasi, huştak, YHXB xodimining qalbaki kökrak nişoni va qalbaki ma'muriy huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Ruzmatovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.











