Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani va Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Jamşid Qöçqorov Mozori Şarif-Hirot temir yölining qurilişi masalasini muhokama qildi. Bu haqda Afghanistan.ru xabar bermoqda.
Qöçqorovning Afğoniston rahbari bilan Kobuldagi uçraşuvda aytişiça, loyihani baholaş jarayoni tugagan va uni Markaziy bank hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan moliyalaştiriş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.
Uning ta'kidlaşiça, temir yöl qurilişi ham Afğoniston va Özbekiston, ham mintaqaning barça davlatlari uçun katta ahamiyatga ega böladi, deb xabar qilgan afğon matbuoti.
Qöçqorovning sözlariga köra, loyihaning amalga oşirilişi Afğonistondan Xitoyga Özbekistonning Andijon şahri orqali uç kun içida boriş imkonini beradi.
Öz navbatida, Aşraf Ğani mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni, jumladan, infratuzilma sohasida kengaytiriş aholi turmuş sifatini yaxşilaşi hamda mintaqaning farovonligini oşirişga xizmat qilişini ta'kidladi.









