2018 yilning 20 yanvar kuni Turkiya Respublikasida oliy ta'lim olayotgan özbekistonlik talabalarning uçraşuv tadbiri bölib ötdi. Uçraşuv Istanbul şahrining Uskudar tumanida “Yoşlar Markazi” nomli saroyda taşkil etildi. Uşbu tadbirga Istanbul şahrida ta'lim olayotgan talabalar bilan bir qatorda Anqara, Köjayeli, Sakarya, Qönya, Samsun, Erzurum, Yalova va Edirne kabi viloyatlardan jami 100ga yaqin talaba iştirok etdi.
Uçraşuvda Özbekiston Respublikasining Anqaradagi elçixonasi ikkinçi kotibi B. Toğayev, Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi konsuli J. Parmanovdan taşqari Turkiya universitetlarida faoliyat yuritayotgan N. Hasanov, Z. Yusupov, B. Norboyev va Q. Şokirov singari professor-öqituvçilar ham iştirok etib, sözga çiqişdi.





“Talabalar uçraşuvi” şu yilning 18 yanvarida Qozoğistonning Aqtöbe şahridagi fojiada vafot etgan özbekistonliklarga bağişlangan Qur'on tilovati bilan boşlandi, ular haqiga duolar qilindi. Şundan söng Özbekiston Respublikasining davlat madhiyasi talabalar jörligida ijro etildi. Undan keyin boşlovçilar Özbekiston va Turkiya davlatlarining ta'lim va madaniy-ma'rifiy aloqalari tarixi, hozirgi vaziyati haqida ma'lumot berişdi. Hozirda Turkiya Respublikasida mingga yaqin özbekistonlik talaba ta'lim olayotgani aytib ötildi. Tadbirning rasmiy oçiliş nutqi uçun sözga çiqqan Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi konsuli J. Parmanov mamlakatimizda taşkil etilgan “Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi”ning maqsad va vazifalariga ham töxtalib ötdi. Özbekiston Respublikasining Anqaradagi elçixonasi ikkinçi kotibi B. Toğayev sözga çiqib, bunday taşkiliy tadbirni uyuştirgan talabalar E.Jumayev, Z.Kamalova, B.Musametov, F.Otaxonov, S.Boltaboyev, B.Rafiyeva, M.Ahmadjonov, A.Xudoyberganov va S.Mahmudjonovlarni samimiy qutladi va elçixona sifatida butun talabalarga har qanday yordam va qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini ta'kidlab, bundan keyingi faoliyatlarda muvaffaqiyat tiladi.



Tadbirda “Turkiyadagi özbekistonlik talabalar birlaşmasi”ni taşkil qiliş masalasi tasdiqlandi. Markazi Istanbul qilib belgilangan Birlaşmaning vakillik hay'ati rahbarligiga Istanbul 29 May universitetining siyosatşunoslik va xalqaro aloqalar bölimi 4-kurs talabasi Ahmadjonov Ma'murjon saylandi. Şuningdek, Anqara, Qönya, Köjayeli, Samsun, Erzurum, Sakarya singari Turkiyaning boşqa viloyatlaridan ham mahalliy vakillar saylanib olindi.



Ma'lumot örnida: “Özbekistonlik talabalar birlaşmasi” talabalarning öquv darslaridan taşqari böş vaqtlarini foydali işlarga sarflaşi maqsadida ilmiy-ma'rifiy, madaniy va sport faoliyatlari olib borişni maqsad qilib oladi. Uşbu faoliyatlar bilan talabalar ham öz ustida işlaşni örganadi, öz salohiyatini rivojlantiradi, ham körsatgan faoliyatlari ikki xalq örtasida köprik vazifasini ötaydi. Faqat talabalardan iborat böladigan uşbu birlaşmaning vazifalariga:
- ilmiy-ma'rifiy, ijtimoiy-madaniy faoliyatlar uyuştiriş;
- Turkiyadagi barça özbekistonlik talabalar bilan aloqalar örnatiş, hamkorlik qiliş, özaro yordamlaşiş;
- talabalar duç kelgan muammolarida, qiynalgan masalalarida maslahat beriş, amaliy yordam körsatiş;
- Turkiyada işlayotgan va öqiş istagida bölgan özbek yoşlariga universitetga kiriş bilan boğliq işlarda maslahatlar beriş, ular bilan uçraşuvlar uyuştiriş;
- ommaviy axborot vositalarida talabalar birlaşmasining faoliyatini yoritib boriş kabilar kiradi.











