KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi. Hokim elektr energiyasi ta'minoti böyiça olib borilayotgan işlar haqida ma'lumot berdi.
“Gaz bölmaganidan keyin elektr energiyasini ikki barobar hajmda iste'mol qiliş boşlanadi. Agarda biz gaz, kömir bilan ta'minlay olmasak, unda hamma yuklama elektr energiyasiga tuşadi. Qaysi tumanga borsam, birinçi bölib ötgan yili qança öçgani bilan qiziqaman. Bu böyiça muammolarimiz bor. Prezidentimiz bizga juda katta imkoniyat yaratib beryapti. Agarda şu iş amalga oşsa, Sirdaryoda muammo bölmaydi. Birinçi navbatda, Şirinda respublikaning 25 foizini ta'minlaydigan elektrstansiya bor. Hozirda rossiyaliklar bilan birgalikda uning rekonstruksiya işlari ketmoqda. U yerda 4 ta blok bor, hozirda 2 tasi ta'mirlanmoqda. Şunda ham sifat yaxşilanadi, ham uzilişlar kamayadi.
Ikkinçisi, Sardoba suv omborida Xitoy texnologiyasi asosida kiçik gidroelektrstansiya ham quriladi. Hozir lekin muammolar bor, uzilişlar bölyapti. Köp ulanganidan keyin yuklama kuçaymoqda, transformatorlarga oğirlik tuşyapti. Bu böyiça ham işlayapmiz”, - dedi Ğ.Mirzayev.












