KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi. Suhbat davomida viloyatdagi yöllar holati, bu boradagi işlar haqida ma'lumot berildi.

«Sirdaryo viloyatida 3813 kilometr içki avtomobil yöllari mavjud bölib, şundan şahar köçalari 312 kilometr, tuman markaziy köçalari 147 kilometr, xöjaliklararo avtomobil yöllari 1622 kilometr, qişloq aholi punkti köçalari 1416 kilometr, şahar tipidagi kiçik posyolkalarda 314 kilometrdir. Viloyat avtomobil yöllarini ta'mirlaş, saqlaş böyiça bitta kiçik taşkilot bölgan. Kelganimizdan keyin bu taşkilotni tubdan takomillaştiriş, alohida rivojlantiriş, modernizatsiya qiliş böyiça alohida dastur qabul qildik. Bu yerni özimizda, çet elda işlab çiqariladigan texnika bilan ta'minladik. Sutkasiga 50 tonnaga yaqin asfalt işlab çiqaradigan kiçik zavod bor edi, hozir yangi zavod olib keldik. 2017 yilda yölning qurilişiga 2016 yilga qaraganda ikki yarim barobar köproq mablağ ajratildi.

Biroq bugungi kunda içki xöjalik yöllarining 3160 kilometr qismi yoki 83 foizi ta'mirtalab ahvolda. 2018 yilda 136 kilometr yölni ta'mirlaş belgilangan. Köpriklarimiz juda yomon ahvolda bölgan, hozir har birini ta'minlaş çoralarini köryapmiz. Bunga ham katta mablağ sarflanadi, biroq qiliş kerak. Yöllar landşaftini ham tartibga keltirmoqdamiz, birinçi qatoriga arça, söng qayrağoç, uçinçisiga akatsiya kabi özimizning daraxtlarni ekib, olti qatorli körinişga keltiriladi. Bu Çinozdan boşlanib, to Daştobodgaça qilinadi», - dedi hokim.