Bengazidagi teraktlarda 28 kishi halok bo‘ldi – OAV
23 yanvarda Liviyaning Bengazi shahrida amalga oshirilgan ikkita terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar bermoqda.
Shaharning sharqiy mavzesi As-Salmoniyda joylashgan shahardagi eng katta masjidlardan biri yonida odamlar hufton namozidan chiqib kelishayotganda portlovchi modda bilan to‘ldirilgan mashina portlatilgan. Bu teraktdan yarim soat o‘tib, voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari va tibbiy xodimlar yetib kelishganda yaqin atrofdagi yana bir mashina portlatilgan.
Olinayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, terakt vaqtida feldmarshal Halifa Xaftarning Liviya milliy armiyasi bosh qo‘mondonligi huzuridagi tergov-qidiruv bo‘limi boshlig‘i Ahmad Ali al-Fitruiy halok bo‘lgan. Shuningdek, jarohatlanganlar orasida Liviya razvedka xizmatining kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i, brigada generali Mahdiy al-Falloh bor.
Avvalroq Libya Akhbar internet-portali teraktlar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani, 33 kishi yaralanganini ma'lum qilgandi.
Tripolidan ming kilometr uzoqlikda joylashgan Bengazi shahri 2011 yil 17 fevraldagi Liviya inqilobi boshlangan joy hisoblanadi. 2014 yil may oyidan beri, feldmarshal Xaftar mamlakatda terrorchilikni yo‘q qilish bo‘yicha “Liviya sha'ni” operatsiyasi boshlanishini e'lon qilgandan keyin shaharda jangovar harakatlar davom etmoqda. Xaftarga bo‘ysunuvchi kuchlar shaharda joylashib olgan jangarilarni siqib chiqarishga uzoq vaqt harakat qilishgan, biroq shahar jangarilardan to‘liq ozod qilingani 2017 yilning iyulidagina e'lon qilingan.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024