«Klivlend Kavalers» forvardi Lebron Jyeyms MBA muntazam çempionatining «San-Antonio Spyors»ga qarşi bahsida faoliyati davomida töplagan oçkolari sonini 30 000 dan oşirdi. 33 yoşli basketbolçida öyindan avval 29 993 oçko bor edi. «Spyors» bilan bahsning ilk çoragidayoq Lebron 8 oçko jamğardi va rekord örnatdi.
Şu tariqa, Lebron MBA tarixida bu körsatkiçga erişgan eng yoş öyinçiga aylandi. Jyeyms 30 minginçi oçkoni 33 yoşu 24 kunligida qölga kiritdi. Bu körsatkiç böyiça ikkinçi örinda Kobi Brayant qayd etilgan, u 30 ming oçkoni 34 yoşu 104 kunligida jamğargan.
Lebron va Brayantdan taşqari (33 643 oçko), faoliyati davomida 30 000 dan köproq oçkoni faqat 5 öyinçi jamğargan: Dirk Novitski (30 837), Uilt Çemberlen (31 419), Maykl Jordan (32 292), Karl Meloun (36 928) va Karim Abdul-Jabbor (38 387).












