Forbes MBA 2020/21 mavsumining eng köp daromad topadigan basketbolçilari reytingini e'lon qildi. Ötgan mavsumdagi yetakçilar beşligi bu mavsumda ham özgarmadi.

Lebron Jyeyms ketma-ket yettinçi yil MBAning eng köp pul işlaydigan öyinçisi bölib qolmoqda. U 95,4 mln dollar daromadga ega bölişi kutilmoqda. Basketbolçi reklama va boşqa loyihalardan 64 mln dollar atrofida pul topadi. 

Ikkinçi öringa 74,4 mln dollar daromad bilan Stefen Karri joylaşdi, bundan 40 mln dollarni homiylik şartnomalari va boşqa loyihalardan oladi. 

 Kevin Dyurant 65,2 mln dollar daromad bilan yana uçinçi örinni egalladi. Törtinçi örindan daromadi 58,1 mln dollar bölişi kutilayotgan Rassell Uestbruk, 5-örindan esa 50 mln dollar daromad bilan Jyeyms Xarden joy oldi.

 Uşbu mavsumda pandemiya sababli MBAda oylik maoşlar 20 foizga qisqardi, ammo taşqaridagi şartnomalar tufayli basketbol yulduzlari dunyoning eng köp pul topadigan sportçilari bölib qolmoqda.  

 MBAda oylik maoş miqdori oxirgi 30 yil içida ön baravarga oşdi va ötgan mavsumda (pandemiyaga qadar) bir öyinçiga örtaça 9,5 mln dollarga töğri keldi. Bu beysbolçilarning örtaça maoşidan ikki va futbolçilar maoşidan uç baravarga köpdir.

 Uşbu mavsumda MBAning 44 nafar öyinçisi kamida 25 mln dollardan maoş olişi kerak edi, ammo maoşlar qisqargani sababli ular 34 nafar qoldi.