KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga taşrif buyurib, viloyat hokimi Ğofur Mirzayev bilan oçiq muloqot ötkazdi. Mirzayev suhbat davomida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gaz ta'minoti böyiça ma'lumot berdi.
«Tabiiy gaz, kömir va suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş masalasi böyiça kuzda alohida dastur asosida işladik. Bizda nafaqat 100 foiz aholi, balki xalq ta'limi sohasi ham, boşqa sohalar ham qattiq yoqilğida isitiladi. Xalq ta'limi sohasi uçun jami 5473 tonna, şundan 3058 tonnasi kömir va 2415 tonna kömir briketi - amalda 3628 tonna, şundan kömir 3058 tonna, yuz foiz olingan, briketni esa 64 foizga qopladik. Viloyat aholisiga 11 ming tonna kömirni ta'minlab berişimiz kerak edi, şuni biz 7 ming tonna kömir, 4 ming tonna kömir briketi mahsuloti zaxirasi bilan ta'minladik. Maktablar böyiça… Bu borada hali qiladigan işlarimiz köp. Bir yilda hammasini qila olmadik, lekin işlarni faollaştiramiz. Hozirda bir tadbirkorimiz Qozoğiston va boşqa davlatlardan pista kömirni töğridan-töğri olib kelyapti.
Ötgan yili gaz ta'minoti böyiça bor-yöği 9 km gaz quvuri mukammal ta'mirlangan, 18 km joriy ta'mirlandi, 1550 dona gaz taqsimlaş nimstansiyalarida taftiş ötkazildi. Bizda gazdan köp joylarda noqonuniy ravişda foydalanişgan. 6,5 – 7 milliard sömlik qarzga egalar ham bor. Tadbirkorlar, respublika kasaba uyuşmasi kam ta'minlangan oilalarga bu borada yordam bermoqda.
Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik yaxşi körildi, lekin ba'zi muammolar uçrab turibdi. Bundan taşqari, gazning hamma quvurlari yerning tagidan olib ötilgan, bu ham Sirdaryo şaroitiga töğri kelmas ekan. Birinçidan, sizot suv yaqin. Ikkinçidan, şör, şu sababdan quvur tez korrozitsiyaga uçraydi. Köp joylarda yerning ustiga olib çiqiş böyiça topşiriq berdik.
Toza içimlik suvi böyiça ham hali qiladigan işlarimiz köp. Sababi, birinçidan, hamma joyda ham suvlarimiz sifat jihatidan talabga javob bermaydi. Ikkinçidan, suv böyiça çöl tumanlarimizda eng oğir vaziyat – Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod. Xovosdagi masalalar esa yeçilmoqda, suvni öşa tomondan olib kelmoqdamiz. Ötgan yili 7 kilometrga suv tarmoqlarini tortdik – bu faqat içki qişloqlarga. Agarda, şuni bu yil kamida 3-4 barobarga kötarsak, natijalar yaxşilanadi, deb öylayman. Bunga köp xarajat ham ketmaydi – oddiygina bir minora va bir nasos. Suv ta'minotini yana 20 foizga yaxşilaymiz», - dedi Ğ.Mirzayev.












