«Arsenal» Angliya ligasi Kubogi yarim finali doirasidagi javob bahsida «Çelsi»ni qabul qildi va ğalaba qozonib, turnir finaliga yöl oldi. Jamoalarning birinçi uçraşuvida hisob oçilmasdan qolgandi — 0:0.

Javob bahsida Eden Azar tezkor gol bilan hisobni oçib, jamoasining finalga çiqiş imkoniyatlarini oşirib yuborgandi. Ammo köp ötmasdan Naço Monrealning zarbasi Antonio Ryudiger orqali darvozaga kirib, hisob tenglaşdi. Ikkinçi bölimda Granit Çaka mezbonlarning ğalaba golini urdi — 2:1.

Endi turnir finalida «Arsenal»ni «Mançester Siti»ga qarşi bahs kutib turibdi. Bu jamoa yarim finalda «Bristol Siti» tösiğidan ötgandi (3:2). Liga Kubogining hal qiluvçi bahsi 25 fevralga belgilangan.

«Arsenal» uçun bu turnir tarixida 8-final böladi. Bunday natija «Aston Villa» va «Tottenhem» jamoalari tomonidan ham qayd etilgan. Bundan yaxşiroq natija esa faqat «MYu» (9) va «Liverpul»da (12).

Angliya ligasi kubogi
Yarim final, javob uçraşuvi
Arsenal – Çelsi 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Azar, 1:1 – 12, avtogol Ryudiger, 2:1 – 60 Çaka.
Arsenal – Ospina, Koselni, Monreal, Belerin, Mustafi, Uilşer, El-Nenni, Djaka, Ozil, Ivobi (Remzi, 84), Lyakazett (Kolaşinats, 84).
Çelsi –    Kabalero, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 72), Azar, Kante, Villian (Barkli, 30), Bakayoko, Pedro (Batşuayi, 65), Alonso.
Ogohlantirişlar: Azar (17), Uilşer (31), Mozes (62), Monreal (66).