Özbekiston yaqin orada Xalqaro migratsiya taşkilotiga qöşiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati şu haqida xabar berdi.
Bugun, 24 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy katta maslahatçisi M.Profazi, XMTning Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy koordinatori Deyan Keseroviç va taşkilotning Özbekiston bilan aloqalar böyiça xodimi S.Toşboyevlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuvda Özbekistonning XMT bilan hamkorligining joriy holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi. Öz navbatida, M.Profazi samimiy qabul uçun minnatdorlik izhor etib, Özbekiston fuqarolarining Qozoğiston Respublikasi hududida fojiaviy vafoti munosabati bilan özining çuqur ta'ziyasini bildirdi. Profazi taşkilot Özbekiston bilan aloqalarni mustahkamlaş va rivojlantirişga tayyor ekanini tasdiqladi.
Tomonlar, şuningdek, Özbekistonning XMTga a'zo bölişi hamda ikki tomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantiriş yöllarini muhokama qilişdi. Özaro hamkorlik yönalişlarida çet ellarga çiqayotgan mehnat migrantlarining xabardorligini oşiriş masalalariga e'tibor qaratildi. Şu asnoda fuqarolarning xabardorlik darajasini oşirişga möljallangan hamkorlikdagi ma'lumotlarni işlab çiqiş maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
Ikki tomonlama hamkorlikning yana bir muhim yönalişlaridan biri sifatida uzoq yillar davomida mehnat migratsiyasi bilan boğliq masalalarga muvaffaqiyatli tarzda yeçim topib kelayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini örganiş qayd etildi.

Birgalikda odam savdosiga qarşi kuraşiş masalasi XMT bilan özaro hamkorlikning muhim yönalişi sifatida belgilandi. Uşbu yönalişdagi XMT dasturlarini Özbekiston tajribasi asosida hayotga tatbiq etiş masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Hamkorlikning muhim va istiqbolli yönalişlari orasida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qiliş va ularning bandligini ta'minlaş masalalari qayd etib ötildi. Şu munosabat bilan Özbekiston tomoniga birgalikda moliyalaştiriş asosida hamkorlikdagi loyihani amalga oşiriş masalasini körib çiqiş taklif etildi.













