«Real» jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Kubogi çorak finali doirasida Madridda keçgan va 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan «Leganes»ga qarşi öyindan keyin fikrlarini bildirib ötdi. U bu mağlubiyat va jamoaning turnirni tark etişida barça aybni öz zimmasiga olişini aytgan.
«Körinib turibdiki, bu mening şaxsiy muvaffaqiyatsizligim. Bu natija uçun barça aybni öz zimmamga olaman. Bizning bugungi öyinimizni yaxşi öyin deb bölmaydi, biz öz futbolimizni namoyiş etmadik, ayniqsa birinçi bölimda keragidek harakatlana olmadik.
Bu jamoaning barça futbolçilari uçun oğir oqşomdir. Biz mağlubiyatni tahlil qilamiz, birinçi navbatda men. Axir bu mağlubiyatda men aybdorman. Bizda vaziyatni töğrilaş uçun 90 daqiqa bor edi, ammo biz buni qila olmadik.
Endi ertangi kun haqida öylaşimiz kerak, işlaşda davom etişimiz kerak. Şanba kuni bizni navbatdagi uçraşuv kutmoqda», — deya fransiyalik mutaxassisning sözlarini keltirgan Marca.












