Özbekiston Milliy universitetida Islom akademiyasi Ilmiy kengaşining ilk yiğilişi bölib ötdi. Unda akademiklar, olimlar, professor öqituvçilar, fan doktorlari, ilmiy kengaş a'zolari va din peşvolari iştirok etişdi. Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Islom akademiyasi rektori Ne'matulloh Ibrohimov Prezidentning “Özbekiston Islom akademiyasini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ilm sohasida mehnat qilayotgan olimlar, ayniqsa, diniy sohada ilmiy işlar bilan şuğullanayotgan mutaxassislar uçun juda ham katta quvonçli voqea bölganini ta'kidladi.
Şuningdek, rektor şu yil 16 yanvar kuni Islom akademiyasi davlat röyxatiga olinib, öz faoliyatini boşlagani, akademiya oldiga qöyilgan maqsad-vazifalar haqida batafsil ma'lumot berdi. Jumladan, uşbu akademiya huzurida ikki yillik magistratura, uç yillik tayanç doktorantura taşkil etilgani mamlakatimiz hayotida ulkan yangilik bölganini ta'kidladi.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan taşkil qilingan uşbu Akademiyada “Qur'onşunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisşunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisliklari böyiça magistrlar hamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanişi mömin-musulmonlarimiz, ayniqsa, ulamolar, imom-xatiblar va mudarrislar uçun juda katta tuhfa bölganini qayd etib, yurtimizdan yana Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abdulxoliq Ğijduvoniy, Bahouddin Naqşband kabi buyuk allomalar yetişib çiqişiga asosiy omil ekanini bildirdi.
Bundan taşqari, Islom akademiyasining Ilmiy kengaşi vakolatiga kiruvçi turli masalalar muhokama qilindi.

Ta'kidlaş joizki, Akademiya diniy idora muassisligidagi diniy va dunyoviy ta'lim beruvçi nodavlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadlari – respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va örta maxsus diniy ta'lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta'minlaş hamda tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oşiriş, şuningdek, qur'onşunoslik, tafsir va fikh, hadisşunoslik, kalom ilmi yönalişlari böyiça magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaşdan iboratdir.










