«Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga öqişga qabul qiliş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra akademiyaning bakalavriatiga öqişga kiriş uçun hujjat topşirgan abituriyentlar uçun dastlabki imtihondan ötiş tartibi joriy etilgan. Bunda dastlabki imtihon natijalariga köra abituriyentlarni kiriş imtihonlarining keyingi bosqiçlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) ötkaziş yoki ötkazişni rad etiş töğrisida tegişli qaror qabul qilinadi.

Şu bois Özbekiston xalqaro islom akademiyasiga hujjat topşiradigan abituriyentlar 2020 yilning 10 iyuliga qadar akademiyaning rasmiy sayti orqali hujjatlarini belgilangan tartibda röyxatdan ötkazişi mumkin.

Bu jarayonda abituriyent uşbu havolada körsatilgan hujjatlarni PDF şaklida yoki sifatli suratga olib, uyda turgan holda kompyuter yoki mobil aloqa vositasida saytga yuklaş orqali röyxatdan ötadi.

Hujjatlarni onlayn röyxatdan ötkazişda barça ma'lumotlar Özbekiston Respublikasi Fuqarolik pasportiga köra rasmiylaştirilişi şart. Agarda ism, şarifingiz yoki qaysidir sana yoxud boşqa nomdagi hujjat xato yuklansa, kompyuter tizimi avtomatik ravişda barça axborotlarni rad etadi. Hujjatlarning töliq va töğri topşirilgani xususida keyingi kuni rasmiy sayt orqali xabardor böliş mumkin», deydi akademiyaning matbuot xizmati rahbari Bahodir Jovliyev.

Qayd etilişiça, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi qabul jarayoniga kiritilgan dastlabki sinov intellektual test şaklida 2020 yilning 11-13 iyul kunlari ötkaziladi. Mazkur sinovlar imkon qadar soddalaştirilib, onlayn şaklda taşkil etiladi.

«Abituriyentlar röyxatdan ötişda sörovnomaning belgilangan joyiga doimiy iş faoliyatdagi mobil telefoni raqamini kiritgan bölişi zarur. Çunki uşbu mobil raqamiga SMS xabar orqali dastlabki imtihon vaqti, internet havolasi hamda imtihonga kiriş uçun şaxsiy