
Uning qöl va oyoqlari yöq. Birinçi kamerasini kreditga olgan. Biroq bularning bari uning talabgor fotorassom bölişiga tösqinlik qila olmadi.
Ahmad Zulqarnayn — professional suratkaş, Bang Dzoel fotostudiyasi egasi, suratkaşlik kurslari öqituvçisi.
1-saboq: Har qanday şart-şaroitlardan yuqori tur
Ahmad 1992 yil Indoneziyadagi şaharçalardan birida jiddiy genetik kasallik bilan dunyoga kelgan. Bolaning oyoqlari bölmagan, qöllar örniga esa — ikki kiçik soha...
Şafqatsiz sinov... Bunday holatda köpçilik yoruğ kelajak haqida hatto öylamay, öziga açinişi, spirtli içimliklar iste'mol qilişi yoki giyohvand moddalarga ruju' qöyişi mumkin edi.
Ahmad şart-şaroitlardan yuqori turdi. U mustaqil ravişda suratkaşlik san'atini özlaştirdi, şaxsiy işini oçdi va kollejga öqişga kirdi.
"Odamlar suratlarimga qarab, menga nima bölgani haqida öylaşini istamayman. Ular meni faqat rassom sifatida qabul qilişini xohlayman".
Ahmad Zulqarnayn
2-saboq: Kamçiliklarni özingizga xos bölgan xususiyatlarga aylantiring
Notaniş kimsalar Ahmadni professional kamera bilan körişganida tuşunmay qolişadi. U qanday qilib sozlamalarni töğirlab, qanday suratga oladi, axir?!
Ahmadga işida yonoqlari, dahani, oğzi va rivojlanmagan qöllari yordam beradi. U yaşaşga, işlaşga moslaşdi!

Dastlab odamlar u suratga olganida biroz xavfsiraşardi, köproq u buni qanday uddalayotganiga doir qiziqiş ustun kelardi. Endi uning yoniga köp odam keladi, çunki u öz sohasida taniqli. Odamlar Ahmadning işlarini yaxşi körişadi, unin jismoniy kamçiligi esa ularning qiziqişini yanada orttiradi. Bunday fotorassom obektiviga tuşiş - omad.
Öz işingizda eng yaxşisi bölişingiz uçun soğliğingiz tökis bölişi şart emas.
Ahmad köp portretlarni oladi, şu bilan birga, manzarali va reportajli s'yomkalarni ham yaxşi köradi.

U tabiatga çiqiş uçun yaqinlari yordamida kiçik bayk yasadi. Buni ham uddaladi, şunga moslaşdi!

3-saboq: Minnatdor böl va ezgulikka işon
Hayotga ijobiy yondaşuv unga şunga muvofiq özgarişlarni jalb qiladi. Ahmadning işlarida ezgulik ruhi seziladi, uning özi esa juda kamtar va sertabassum yigit. Uning Instagram sahifasida şunga guvoh böliş mumkin.
Muvaffaqiyatning yana bir köp holatlarda unutilib qöyiladigan jihati — minnatdorlik hissi. Ahmad hayotda erişgan yutuqlari uçun yaqinlari oldida qarzdor ekanini ta'kidlaydi va doim ulardan minnatdor böladi.












