Afğoniston poytaxti Kobuldagi diplomatik mavzeda röy bergan portlaş oqibatida halok bölganlar soni 95 kişiga yetdi, yana 158 inson jabrlandi. Bu haqda 1TV telekanali mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Portlaş şanba kuni Kobulning Vazir-Akbar-Xon mavzesida röy berdi, u yerda xorijiy davlatlar elçixonalari hamda hukumat binolari joylaşgan. OAV ma'lumotiga köra, portlaşni minalaştirilgan tez yordam avtomobilidagi xudkuş terrorçi uyuştirgan. IIV rahbari örinbosari terakt bilan aloqador bölgan tört kişi hibsga olinganini xabar berdi. “Tolibon” radikal harakati portlaş uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kobuldagi portlaş oqibatida kamida 40 kişi halok bölgani, 140 dan ortiq inson jarohatlangani xabar berilgandi.












