Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar akademiyasida Özbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasiga bağişlangan ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. “Mudofaa doktrinasi – milliy xavfsizligimizning mustahkam poydevoridir” mavzusida taşkil etilgan anjuman doktrinaning mazmun-mohiyatini tuşuntiriş va tarğib qiliş maqsadida ötkazildi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Oliy Majlis palatalari tomonidan yangilangan Mudofaa doktrinasining qabul qilinişi ulkan siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega voqea böldi. Ta'kidlaş kerakki, Mudofaa doktrinalari davlatlarning harbiy xavfsizlik sohasidagi siyosatini belgilab, Qurolli Kuçlarning qurilişi, tayyorgarligi va zarur hollarda qöllaşga doir yönalişlarni belgilovçi rasmiy qaraşlar, prinsiplar va yondaşuvlar tizimlaşgan, yaxlit jamlanma xususiyatiga ega muhim hujjat hisoblanadi. 

Mudofaa doktrinasi davlatimiz xavfsizligini ta'minlaş va barqaror rivojlanişining asosi va bu borada har bir fuqaroning uning talablarini amalga oşirişdagi örni va roli beqiyosdir. Şu ma'noda uşbu anjumanning ötkazilişi, körib çiqilayotgan masalaning qançalar dolzarbligini belgilab beradi.  

Anjuman işida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputatlari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati boşqarmalari, Qurolli Kuçlar akademiyasi rahbariyati va professor-öqituvçilari, Harbiy-ilmiy tadqiqotlar va öquv-uslubiy markazi ofitserlari va ilmiy xodimlari, oliy harbiy ta'lim muassasalari vakillari va boşqa oliy ta'lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnaşdilar.