Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi yordamchisi bosh o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi
AQSh davlat kotibi yordamchisi bosh o‘rinbosari Elis Uells 30 yanvar – 2 fevral kunlari London va Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Uells 30 yanvar kuni Strategik tadqiqotlar institutida mintaqaviy masalalarni muhokama qilish hamda Buyuk Britaniya hukumati rasmiylari va Davlat departamentiga qarashli London Media markazida xalqaro OAV xodimlari bilan uchrashish maqsadida Londonga keladi.
Toshkentda esa Elis Uells prezident Mirziyoyevning islohotlar dasturi doirasida erishilgan yutuqlar, xalqaro va mintaqaviy masalalar, shuningdek iqtisod va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun hukumatning yuqori lavozimli rasmiy vakillari bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
10:10 / 14.07.2026
Lindsi Gremning o‘rnini uning singlisi egalladi
09:40 / 14.07.2026