Dunyodagi eng katta tilla uzuk BAAning Şarja amirligidagi Sahara Centre’da bir oyga tomoşaga qöyildi. 

Najmat Taiba nomli 21 karatli uzuk deyarli 64 kg keladi va 5,1 kg qimmatbaho toşlar va brilliantlar bilan qoplangan. Unda şuningdek 615 ta Swarovski kristali bor.

Foto: Expo Centre Sharjah

Najmat Taiba öz egasiga 2000 yilda 547 ming dollarga tuşgan, öşanda oltinning bir untsiyasi 250 dollar turgan. Öşa vaqtdan beri oltin narxi deyarli 6 barobarga kötarilib, hozirda 1497,5 dollar atrofida sotilmoqda. Şu tariqa hozirda bu uzukning narxi taxminan 3 mln dollarga baholanmoqda.

Dubayning Taiba kompaniyasiga tegişli uşbu uzukni yaratiş ustida 55 mutaxassis 45 kun davomida 10 soatdan mehnat qilgan.