Saudiya Arabistoni mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vazirligi joriy yilning sentabr oyidan işga faqat Saudiya Arabistoni fuqarolari olinadigan dökonlar röyxatini e'lon qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi vazirlik vakili Xolid al-Xayilga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi. 

“Faqatgina saudiyalik fuqarolar işlay oladigan dökonlar röyxati 12 ta turli savdo korxonalari, jumladan soat, közoynak, tibbiy qurilmalar, quriliş materiallari, kiyim-keçak, avtomobil salonlari va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvçi dökonlarni öz içiga olgan”, deb aytgan vazirlik vakili.

Vazir, şuningdek, dökonlarga işga ayollar ham qabul qilinişini tasdiqlagan. 

Avvalroq Ummon sultonligi ham öz fuqarolari bandligi darajasini oşiriş maqsadida 10 ta turli sohada xorijliklarni işga yollaşga taqiqlov kiritgandi.