Yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda eng köp muhokama bölgan, foydalanuvçilarni çuqur hayajonga solgan xabar — tanasidan 16 ta igna va sim bölagi topilgan çaqaloq taqdiri atrofidagi fikr-mulohazalar hali-hamon poyoniga yetgan emas.
Uşbu köngilsiz hodisaning kelib çiqiş sababi, uning oqibati kişini çuqur öyga toldiradi. Bugun kimdir gödakning ahvoli juda oğir ekanini aytsa, yana kimdir bu voqelikka oilaviy kelişmovçiliklar sabab bölganini bildirmoqda. «Xalq sözi» naşri muxbiri masalaga oydinlik kiritiş maqsadida çaqaloqning onasi va mahalla faollari bilan uçraşib, aslida nima bölganligiga oydinlik kiritişga harakat qildi.
Abdujabbor Ahmedov, “Nayman” mahalla fuqarolari yiğini raisi:
- Çaqaloq dunyoga kelgan Şohsanam Boltaboyeva va Azimjon Xudoyberdiyevlar oilasi mahallamizda tinç-totuv yaşayotgan oilalardan biri. Oila kattalari Abdumajid va Umidaxon Xudoyderbiyevalar halol mehnat bilan 5 öğilni voyaga yetkazişgan. Çaqaloqning otasi Azimjon oilada törtinçi farzand. U yangi uy quriş maqsadida 2015 yildan buyon Rossiyada işlaydi. U 2013 yilda Şohsanam bilan turmuş qurgan. Bundan taşqari, ular mahalladoş. Ikki yil farzand körişmadi. 2015 yilning kuzida Şohsanam ham turmuş örtoğining oldiga ketdi. 2016 yilning iyulida homilali bölganligi bois Farğonaga qaytdi.
Odamlar orasida turli gap-sözlar oralagani bor gap. Lekin men onaning bunday tuban işga qöl urganiga işonmayman. Negaki, Şohsanam ikki yil sabr bilan Yaratgandan farzand söraydi-yu, öz jigarbandining joniga qasd qiladimi? Bunga heç bir sabab körmayapman. Bu mudhiş voqea yuz bergandan söng jamoatçilik bilan birgalikda çaqaloq vaqtinça yaşayotgan xonadonda böldik. Şohsanam Boltaboyevaning onasi Xayrixon Boltaboyeva döppidözlik bilan şuğullanadi. Öşa kunlari bozordan igna töplamini olib kelgan ekan. Voqeaga ehtiyotsizlik sabab bölişi ham mumkin. Yana kim biladi deysiz...
Akmaljon Qurbonov, “Nayman” mahalla fuqarolari yiğini profilaktika inspektori:
- Azimjonning xonadonida joy masalasi muammo bölganligi bois erining maslahati va roziligi bilan Şohsanam özining ota uyida vaqtinça yaşaydi. Yangi yil kuni Şohsanam qaynotasining uyida bayram nişonlaşgani, bir-ikki kun erining uyida qolganidan ham xabarim bor. Ya'ni ularning orasida heç qanday nifoq yöq. Qaynonasi Umidaxon Qayumova va oilasi örtasida Şohsanam bilan biror marta ham kelişmovçiliklar röy bermagan. Har ikkala xonadon — Azimjon va Şohsanamning xonadoni ham öziga tinç xonadonlardan. Şohsanamda kuçli ta'sirlaniş holatlari yoki salbiy ruhiy bosim mavjud bölmagan.













