Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi endi avgust oyida Indoneziyada o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonini boshlaydi.
Jumladan, shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoni yoshlari bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Dastlabki o‘rtoqlik o‘yini 21 mart kuni Farg‘onada, keyingisi 25 mart kuni Andijonda o‘tkaziladi.
Mazkur o‘yinlar orqali, Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib boradi.










