Özbekiston prezidenti matbuot xizmati Milliy xavfsizlik xizmati va boş prokuraturadagi lavozimiy özgarişlar böyiça rasman ma'lumot berdi.
Unga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 31 yanvardagi PF-5317-son Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 24-bandiga muvofiq Rustam Rasuleviç Inoyatov Özbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar böyiça Davlat maslahatçisi lavozimiga tayinlangan, şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etilgan.
Öz navbatida, uning örnini Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Ixtiyor Baxtiyoroviç Abdullayev egalladi. Prezidentning PF-5318-son Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 va 24-bandlariga muvofiq Ixtiyor Abdullayev Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 31 yanvardagi PF-5320-son Farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12 bandiga muvofiq Otabek Baxritdinoviç Murodov Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimiga tayinlandi, şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar böyiça Davlat maslahatçisi lavozimidan ozod etildi.












