Köp kemalar va odamlar ğoyib bölgan Bermud uçburçagi hozirga kelib dunyodagi eng sirli va xavfli joyi hisoblanmay qöygan. Ma'lum bölişiça, yer yuzida undan-da jiddiy xavf soluvçi hududlar talaygina. Bu yerlarda ham yirik obektlar ğoyib böladi, ğalati hodisalar kuzatiladi va tuşunarsiz elektromagnit tölqinlar qayd etiladi. Biroq asosiysi bu emas, asosiysi - ilm-fan va yuqori texnologiyalarning bugungi kundagi rivojiga qaramay, bu maskanlardagi jumboqlarni yeçişning uddasidan çiqilmaganida. Don'tPanic şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Surtsey oroli

Geologik kuzatuvlarga köra, orollar minglab yillar davomida şakllanadi. Biroq bu aslida orol emas. 1963 yilgaça Surtseydan darak ham bölmagan, biroq vulqon faolligi kuzatilgandan bir neça kun ötib paydo bölgan va qisqa muddatlarda fantastik tezlikda kengaygan. 4 yildan söng vulqon faolligi töxtab, olimlar körinişidan mutlaqo oddiy "quruqlik bölagi"ni körişga muvaffaq bölişgan. Asosiy jumboq bu orol qanday va nimadan paydo bölganida.
Qonli şarşara

Agar bir toğga teng odamlarni terib qöyib, kuniga yuzlab odamlar qatl qilinsa, qonli şarşara hosil bölişi mumkin. Biroq xuddi şunday tasavvur uyğotuvçi, Antarktidadan topilgan şarşara boşqa yöl bilan yuzaga kelgan. Uşbu materikda faqat olimlar va pingvinlar yaşar ekan, qonli şarşaralarning kelib çiqişini aniqlaş qiyin bölmadi. Manba tubida temirga boy köl aniqlangan. Undagi suv 400 metr çuqurlikda yaşagan va 2 million yil davomida temir hamda oltingugurt bilan oziqlangan sirli mikroorganizmlardan rang olgan.
San-Luis vodiysi

Tasavvur qilib köring-a, qöşningiz uyi yonida NUJdan himoyalaniş uçun xavfsizlik minorasini qurdirgan. Yer yuzining birgina joyida bunday qöşni aqldan ozgan hisoblanmaydi, çunki u yerda NUJ dastidan tinçlik yöq. Bu Koloradodagi San-Luis vodiysidir. 16 yilda xavfsizlik minorasi yordamida 50 taça noma'lum uçar jism aniqlangan. Bu joydagi yana bir tuşunarsiz holat – jonivorlarning vahşiylarça öldirilgan jasadlari köpligida.













