Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiya sabab tergov ostida saqlanayotgan amaldorlardan 400 milliard rial (10 milliard dollar)dan ortiq mablağni undirib olişga doir kelişuvga erişdi. Biroq 56 nafar gumondorni ozodlikka çiqarişdan boş tortdi. Bloomberg şu haqida ma'lum qildi. 

"Tölovlar turli aktivlar, şu jumladan köçmas mulk, tijoriy obektlar, qimmatbaho qoğozlar, pul vositalari va boşqa aktivlar kombinatsiyasini öz içiga olgan", - dedi boş prokuror, şayx Saud Al-Muhib hukumatning Xalqaro aloqalar markazi bayonotida. 

Ba'zi gumondorlar dalillar yöqligi sabab ozod qilindi. Umumiy hisobda 381 kişi sudda söroq qilişga çaqirtirilgan. Bayonotga köra, hukumat körişda davom etilayotgan boşqa jinoiy işlar sabab 56 kişini ozodlikka çiqarişdan boş tortgan.

Manbada aytilişiça, bunday "tozalaş" işlari sarmoyaçilar orasidagi öyin maydonini tenglaştiriş uçun işlab çiqilgan. Şahzoda Muhammadning mamlakat iqtisodiyotini tubdan özgartirişga doir rejasi iş berişi uçun korrupsiyaga qarşi kampaniyani yölga qöyişdan boşqa yöli qolmagandi.