31 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etilib, prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar böyiça Davlat maslahatçisi lavozimiga tayinlangan Rustam Inoyatov Oliy majlis Senati a'zosi bölgan. Bu haqda «Kun.uz»ning hukumatga yaqin manbasi xabar berdi.
Senat a'zolari qonunlar işlab çiqilişi jarayonida iştirok etişadi. Senat davlat organlarining, xöjalik boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturi ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boşqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş beriş yoki nuqtai nazarini bayon etiş talabi bilan parlament sörovi yuborişga haqli hisoblanadi.
Şuningdek, senat a'zosi davlat organlarining xöjalik boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslariga, qoida tariqasida, tegişli hududlarning manfaatlari bilan boğliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş beriş yoki nuqtai nazarini bayon etiş talabi bilan sörov yuborişga haqli.
«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati töğrisida»gi qonunga köra, Senat a'zosi Senat roziligisiz, Senat majlislari oraliğida esa Senat Kengaşi roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilişi mumkin emas. Senat a'zosiga uning senatorlik faoliyati bilan boğliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Senat a'zosining vakolatlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda muddatidan ilgari tugatilişi mumkin.











