Oq uydagilarning xavfsiraşiça, FTB (Federal tergovlar byurosi) direktori Kristofer Rey 2016 yilgi saylovlar vaqtida Trampning yordamçisi ortidan kuzatiş çoğida xizmat vakolatlari suiiste'mol qilingani aks etgan hujjatlar e'lon qilinsa, iste'foga çiqişi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Telekanal manbalaridan birining xabar berişiça, Rey Oq uy apparati rahbari Jon Kelli bilan yaqinda ötkazilgan uçraşuvda ketişi haqida gapirmagan, biroq Kellining özi bunday holat ehtimolga yaqin ekanini istisno etmayapti. Ta'kidlanişiça, Oq uydagi amaldorlar ham hujjat e'lon qilinişiga qarşi çiqayotgan razvedka xizmati, ham uni oşkor etişni rejalaştirayotgan AQŞ prezidenti Donald Trampni qanoatlantiruvçi yeçimni izlaşmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fox News AQŞ FTB va Adliya vazirligida Trampga qarşi «maxfiy guruh» bölgani haqida xabar bergandi.












