Saudiya Arabistonida tez orada ayollar umumiy ovqatlaniş sohasida işlaşni boşlaydilar, deb xabar bermoqda Khaleej Times naşri.

Dastlabki bosqiçda ayollar mamlakatning 16 restoranida sinov muddati bilan işga olinadilar. Şuningdek, restoranlar egalari bilan maslahat kengaşi taşkil etiladi, u ayollarning bu sohada işga joylaşişlari strategiyasini muhokama qiladi. 

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida ayollar örtasida işsizlik 33 foizni, umumiy işsizlik esa 12 foizni taşkil qiladi.

Avvalroq qirollikda ayollar muayyan şartlar bilan ma'lum sohalardagina işlaşlari mumkin bölgan. Ayollarning boşqa sohalarda iştiroklarini kengaytiriş Saudiya Arabistoni hukumatining “Vision 2030” nomli iqtisodiy islohotlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu strategiyaga köra, ayollarning mehnat bozoridagi hissasini 2030 yilgaça 30 foizgaça oşiriş rejalaştirilgan.