Joriy yilning 1 aprelidan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomani tuzişda hujjatlar paketini yiğiş talab etiladi. 29.01.2018 yildagi ÖRQ–463-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga şunday qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda. 

Eslatib ötamiz, bayonnoma barça ma'muriy huquqbuzarliklar böyiça tuziladi, MJTKning 283-moddasida körsatilganlari (piyodalar va yölovçilar tomonidan YHQning buzilişi) bundan mustasno. Unda quyidagilar körsatiladi:

• bayonnoma tuzilgan sana va joy;
• bayonnomani tuzgan şaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
• huquqbuzarning şaxsiga oid ma'lumotlar;
• ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati;
• ana şunday huquqbuzarlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi normativ hujjat;
• agar guvohlar va jabrlanuvçilar bölsa, ularning familiyalari va yaşaş manzillari;
• huquqbuzarning tuşuntirişi;
• agar moddiy zarar yetkazilgan bölsa, buning dalili;
• işni hal qiliş uçun zarur bölgan boşqa ma'lumotlar. 
 
Hujjat uni tuzgan mansabdor şaxs va ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan şaxs tomonidan imzolanadi, guvohlar va jabrlanuvçilar bölgan taqdirda esa - mazkur şaxslar tomonidan ham imzolanadi.
 
Endi bayonnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (mansabdor şaxs tomonidan yiğiladi):


 
Şu tariqa, barça toifadagi işlar böyiça şaxsini tasdiqlovçi hujjatdan nusxa köçiriş va alohida tuşuntiriş yoziş talab etiladi. Bu, fikrimizça, bayonnomalarni, masalan, DYHXX xodimlari tomonidan rasmiylaştiriş uçun ança vaqtni talab etsa kerak.
 
Bundan taşqari, amaliyotda ötkazilgan ayrim protsessual harakatlar rasmiy ravişda majburiy deb belgilandi. Ayrim toifalar böyiça (yuqoridagiga qaralsin) haydovçi holatini tibbiy tekşiruvdan ötkaziş, zararni baholaş, avtotexnik va tibbiy ekspertiza tayinlaş talab etiladi.